Biz dori vositalarimizni diabet hamda boshqa jiddiy surunkali kasalliklar bilan og‘rigan odamlarga yetkazib berish, xodimlarimiz salomatliklarini himoya qilish hamda ular COVID-19 kasalligini yengish uchun ishlayotgan vaqtda shifokorlar va hamshiralarni qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘rishni davom ettiramiz.
Pandemiya o‘zgarishi bilan yangi savollar va xavotirlar paydo bo‘ladi va biz sizni dori vositalarimiz ta’minoti bo‘yicha yangiliklar, ularni qabul qilayotgan odamlar uchun savollar va bizga qanday murojaat qilish bo‘yicha xabardor qilib borishni xohlaymiz.
Hozirda biz hech qanday yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga duch kelganimizcha yo‘q. Biz bunga o‘xshash vaziyatlarga yaxshi tayyorlanganmiz va bizda uzoq muddatli yetkazib berishni kafolotlovchi saqlash siyosati mavjud.
Bu juda muhimdir, chunki biz butun dunyo bo‘ylab bemorlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan hayotiy muhim dori vositalari bilan ishlamoqdamiz.
Biz sog‘liqni saqlash organlari va dorishunoslarning COVID-19 davrida hayotiy muhim dori vositalarining mavjud bo‘lib turishi uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishlarni qilayotganlarini bilamiz va biz joriy dori jamg‘armalarimiz darajasining me’yorida ekanligiga ishontirishimiz mumkin. Vaziyatni nazorat qilishni davom ettirar ekanmiz, biz yangiliklarimizni baham ko‘ramiz.
Agar siz yoki siz bilgan boshqa biror kishi diabet, semizlik yoki boshqa jiddiy surunkali kasallik bilan yashayotgan bo‘lsa, sizning xavotirlanayotganingizga hech shubha yo‘q. Bizdan ko‘pchiligimizdan uyda qolish so‘ralayotgan ekan, jismoniy va ruhiy holat haqida ko‘pgina savollar tugʻilmoqda.
Biz siz bilan siz uchun foydali bo‘ladi deb umid qiladigan maslahatlar va takliflar bilan bo‘lishishni istaymiz.
Xodimlarimizning sog‘lig‘i va xavfsizligini asrash uchun biz mahalliy sog‘liqni saqlash idoralarining maslahat va ko‘rsatmalarga amal qilamiz. Infeksiya yuqish xavfi hali ham yuqori bo‘lgan ba’zi davlatlar va jamiyatlarda biz xodimlarimizdan uydan ishlashlarini so‘rayapmiz.
Ushbu g‘ayrioddiy ish sharoitlarida biz xodimlarimiz faol bo‘lishlari, uydan ergonomik tarzda ishlay olishlari va raqamli muhitga moslasha olishlarida ko‘makka ega bo‘lishlarini kafolatlayapmiz.
Biz ishlab chiqarish maydonchalarimizda ishlayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash va ish paytida tavsiya etilgan ijtimoiy masofani saqlashlari uchun choralarni ko‘ryapmiz.
Biz barcha allaqachon boshlangan kilinik sivovlarimizni davom ettirayapmiz va biz yakunlanishiga yaqin bo‘lgan sinovlarda hech qanday jiddiy kechikishlar bo‘lishini kutmayapmiz. Joriy holatda biz butun dunyo bo‘ylab sinov tadqiqotlarini o‘tkazayotganlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib turibmiz va borayotgan sinovlarga yollashni to‘xtatish va doimiy tibbiy qarov tashriflari bilan mos kelishi maqsadida bemorlarning joylarga tashriflarini kamaytirish uchun ularning qarorlariga tayanamiz.
Biz yana sinovdan keyingi qadamlarning tobora qiyinlashib
borishini kuzatyapmiz va biz ushbu vaziyatdagi eng yaxshi yechimlarni
topish uchun tegishli sinov o‘tkazish joylari, tadqiqotchilar va
vakolatli organlar bilan birgalikda ish olib bormoqdamiz. Borayotgan
sinovlar uchun yangi bemorlarni yollashga salbiy ta’sir bo‘ldi, biroq
bu asta-sekin yaxshilanib bormoqda. Endi ayrim mamlakatlarda ma’lum
sinovlarni boshlash mumkin.
Novo Nordisk sog‘liqni saqlash idoralarining ta’sirlangan hududlardagi sa’y-harakatlarini bir qancha tashabbuslar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda, jumladan, xayr-ehsonlar qilish, antiseptik vositalarni ishlab chiqarish uchun xom-ashyolar bilan bo‘lishish va COVID-19 sinovlariga yordam berish uchun laboratoriyalarimizni ochish.
Biz vaziyat rivojlanib borishi bilan mos harakatlarning bajarila olishini kafolatlash uchun global vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
Biz ayrim mamlakatlarning sog‘liqni saqlash organlari va dorixonalarining dori vositalarining ularga muhtoj bo‘lganlar uchun har doim mavjud bo‘lishini kafolatlash uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishayotganlaridan xabardormiz, biroq biz sizni joriy zaxirazaxira darajalarimizning me’yorida ekanligiga ishontirishimiz mumkin.
Bu shuni anglatadiki, bemor istalgan vaqtda olishi mumkin bo‘lgan dori miqdori yoki qurilmalar soniga nisbatan cheklanishlar mavjud bo‘lishi mumkin. Diabet yoki boshqa surunkali kasallik bilan yashovchi barcha odamlarning o‘zlari uchun muhim bo‘lgan dori vositalaridan foydalana olishlari uchun dori vositalari va qurilmalarni me’yoriy talablar darajasida to‘plash muhimdir.
Ulardagi zaxirazaxira darajalarini nazorat qilish uchun biz hamkorlarimiz, jumladan sog‘liqni saqlash organlari va dorixonalar bilan yaqin aloqada bo‘lib turibmiz.
Bunday vaziyat davomli ravishda kelib chiqmoqda, biz hozirda hech qanday yetkazib berishdagi cheklanishlarga duch kelmayapmiz. Biz bunga o‘xshash vaziyatlarga yaxshi tayyorlanganmiz va bizda uzoq muddatli yetkazib berishga xizmat qiluvchi zaxirazaxiralash siyosati mavjud. Bu juda muhimdir, chunki dori vositalarimizga har kuni butun dunyo bo‘ylab bemorlar muhtoj bo‘ladilar.
Novo Nordisk kompaniyasida klinik sinovlarni o‘tkazishda asosiy ustuvor vazifalar bo‘lib bemorlarning xavfsizligi va klinik sinovlarning xolisligi hisoblanadi. Biz barcha allaqachon boshlangan klinik sivovlarimizni davom ettiryapmiz va biz yakunlanishiga yaqin bo‘lgan sinovlarda hech qanday jiddiy kechikishlar bo‘lishini kutmayapmiz.
Joriy holatda biz butun dunyo bo‘ylab sinov tadqiqotlarini o‘tkazayotganlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib turibmiz va borayotgan sinovlarga yollashni to‘xtatish va doimiy tibbiy qarov tashriflari bilan mos kelishi maqsadida bemorlarning joylarga tashriflarini kamaytirish uchun ularning qarorlariga tayanamiz.
Biz yana sinovdan keyingi qadamlarning tobora qiyinlashib borishini kuzatyapmiz va biz ushbu vaziyatdagi eng yaxshi yechimlarni topish uchun tegishli sinov o‘tkazish joylari, tadqiqotchilar va vakolatli organlar bilan birgalikda ish olib bormoqdamiz. Sog‘liqni saqlash tizimidagi joriy yuklanishni aks ettirish uchun hech qanday yangi sinovlar boshlanmaydi.
Xodimlarimizning salomatligi va xavfsizligini himoya qilish uchun biz xavfsiz ishlash sharoitlarini kafolatlash maqsadida mahalliy sog‘liqni saqlash organlari maslahatiga amal qilamiz.
Hali ham masofadan ishlayotgan xodimlar uchun biz ular faol bo‘lishlari, uydan ergonomik tarzda ishlay olishlari va raqamli muhitga moslasha olishlarida ko‘makka ega bo‘lishlarini kafolatlayapmiz.
Biz ishlab chiqarish maydonchalarimizda ishlayotgan xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash va ish paytida tavsiya etilgan ijtimoiy masofani saqlashlari uchun choralarni ko‘ryapmiz. Biz faqatgina COVID-19 sog‘liqlari uchun xavfli hisoblanmaydigan xodimlardangina ofisda yoki zavodda bo‘lishlarini so‘rayapmiz.
Agar sizda COVID-19 pandemiyasi davrida bizning dorilarimizning mavjudligi yoki arzonligi haqida savollaringiz yoki murojaatlaringiz bo‘lsa, iltimos mamlakatingizdagi bizning mahalliy ofislarimizga murojaat qiling.
Shu yerga bosing global ofislarimiz haqida umumiy ma’lumotlar oling
Biz global COVID-19 pandemiyasining butun dunyo bo‘ylab odamlarning hayotiga ta’sirini tan olamiz, va diabet va/yoki semizlik bilan og‘rigan odamlarda COVID-19ni yuqtirib olish xavfi umumiy aholiga nisbatan yuqori bo‘lmasa ham, COVID-19 diabet, semizlik va shu bilan bog‘liq asoratlar, masalan yurak-qon tomir kasalliklari bilan yashaydigan ba’zi odamlarda yanada og‘irroq asoratlarga olib kelishi mumkin.
Semizlikka chalinganodamlarda COVID-19 infeksiyasi yuqish xavfi ortishi haqida hozirgi paytda hech qanday dalil yo‘q. Dalillar shuni ko‘rsatdiki, oddiy mavsumiy gripp TVI ≥ 40 kg/m2 semizlikka chalingan odamlarda jiddiy asoratlar xavfini oshiradi. AQSh kasalliklarni nazorat qilish markazi va Buyuk Britaniyaning sog‘liqni saqlash xizmati COVID-19 dan jiddiy asoratlar orttirilgan xavfiga ega kishilar sifatida o‘tkir semizlikka chalingan (BMI ≥ 40 kg/m2) kishilarni kiritadi.
Agar diabet kasalligi yaxshi nazorat qilinsa, COVID-19 dan jiddiy kasallik kelib chiqish xavfi deyarli oddiy odamlarniki bilan bir xil bo‘ladi.
Bu davrda diabet va semizlikka chalingan kishilarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va qo‘llab-quvvatlashni bemorlarni qo‘llab-quvvatlash veb-saytimizdan topishingiz mumkin:
Diabet: Diabet Keyin nima bo‘ladi®
Semizlik: Vazn to‘g‘risidagi haqiqat®
1-turdagi va 2-turdagi diabet bilan og‘rigan kishilar o‘rtasida xavflar bir xil. Virusli infeksiya bilan og‘rigan hollarda 1-turdagi diabet bilan og‘rigan kishilar orttirilgan DKA (diabetik ketoatsidoz) xavfiga ega bo‘ladilar.
Global COVID-19 pandemiyasi davrida biz butun dunyo bo‘ylab odamlar, jumladan diabet bilan og‘rigan kishilarning hayotlariga ta’sirni tan olamiz. Diabet bilan og‘rigan kishilar quyidagilarni tayyorlab qo‘yishlari kerak:
Bemorlar yana nafas olishning qiyinlashishi yoki nafas yetishmasligi, uzluksiz og‘riq yoki ko‘krakdagi bosim, ongning xiralashishi yoki uyg‘ona olmaslik, lablar yoki yuzning qizarishi kabi shoshilinch ogohlantiruvchi belgilar mavjudligini ham kuzatib borishlari kerak.
Diabet bilan og‘rigan kishida COVID-19 simptomlari rivojlangan yoki gumon qilingan hollarda mahalliy sog‘liqni saqlash organi tavsiyalariga amal qilinishi shart. Ayrim mamlakatlarda bemorlarga darhol tibbiy yordam olish tavsiya qilinadi. Biroq virusni boshqalarga yuqtirmaslik va tibbiy xodimlar tomonidan ustuvor tayyorgarliklar ko‘rilishiga imkon berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasalxonaga borish tavsiya qilinmaydi.
Kasalxona/shifokorga qo‘ng‘iroq qiling va quyidagilarni taqdim eting:
Diabetni davolash jamoasining dorilardan foydalanishga oid maslahatiga amal qiling. Suyuqlik ichib turing va yoningizda shirin bo‘lmagan ichimliklar bo‘lsin; va kamroq miqdorda, biroq tez-tez ovqatlanib turing.
Virus yuqtirgan diabet bilan og‘rigan kishilarda kasallik davomida glikemik nazoratning buzilishi kuzatilishi mumkin. Bemorlar o‘zlarining diabetik dekompensatsiyalarini yaxshilash uchun “kasallik kuni yo‘riqnomalariga” amal qilishlari kerak.
Doimo mahalliy organlarning tavsiyalariga amal qiling. Ushbu bemorlarga Amerika Diabet Assotsiatsiyasi (ADA) tomonidan quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi:
Qo‘shimcha yo‘riqnoma olish uchun bu yerda CDC ning “Gripp va kasallik kunlar uchun yo‘riqnomalar” bo‘limiga qarang.
Bizning bemorlar va o‘zimiz ishlaydigan joydagi hamjamiyatlar oldidagi majburiyatlarimiz o‘zgarmasdan qoladi va ushbu kutilmagan vaqt davomidagi diqqatimiz xodimlarimiz va bemorlarimiz salomatligini himoya qilishga qaratilgandir.
Global COVID-19 pandemiyasi davrida biz butun dunyo bo‘ylab odamlar, jumladan semizlikka chalingan kishilarning hayotlariga ta’sirni tan olamiz.
Odamlar mahalliy sog‘liqni saqlash organlari yo‘riqnomalariga muvofiq tarzda avval o‘zlarining sog‘liqni saqlash xizmatlari taʼminotchilar bilan maslahatlashmasdan turib o‘zlari qabul qilayotgan tibbiy dorilarni (jumladan semizlikka qarshi dori vositalari) to‘xtatmasliklari kerak.
Semizlikka chalingan shaxslar mahalliy sog‘liqni saqlash organlari yo‘riqnomalariga muvofiq jismoniy harakatlarini davom ettirishlari va albatta ijtimoiy masofa saqlashlari kerak.
COVID-19 inqirozi davridagi jismoniy harakatlar va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha umumiy tavsiyalarni bilish uchun biz semizlikka chalingan kishilarning malakali sog‘liqni saqlash xodimlari va professional uyushmalar yo‘riqnomalariga amal qilishlarini tavsiya qilamiz.
Global COVID-19 pandemiyasi davrida biz butun dunyo bo‘ylab odamlar, jumladan semizlikka chalingan kishilarning hayotlariga ta’sirni tan olamiz. COVID-19 alomatlari gumon qilingan hollarda semizlikka chalingan kishilarga JSST va o‘zlarining mahalliy organlari tomonidan berilgan tavsiyalarga amal qilish tavsiya qilinadi.
Odamlar mahalliy sog‘liqni saqlash organlari yo‘riqnomalariga muvofiq tarzda avval o‘zlarining sog‘liqni saqlash xizmatlari taʼminotchilari bilan maslahatlashmasdan turib o‘zlari qabul qilayotgan tibbiy dorilarni (jumladan AOMlar) to‘xtatmasliklari kerak.
Bizning bemorlar va o‘zimiz ishlaydigan joydagi hamjamiyatlar oldidagi majburiyatlarimiz o‘zgarmasdan qoladi va ushbu kutilmagan vaqt davomidagi diqqatimiz xodimlarimiz va bemorlarimiz salomatligini himoya qilishga qaratilgandir.
Har bir kishi virus ta’sirini kamaytirish uchun davlat sog‘liqni saqlash organlari tomonidan chiqarilgan tavsiyalarga amal qilishi, jumladan qo‘llarini tez-tez va kamida 20 soniya davomida yaxshilab yuvishi, yaxshi gigiyena talablarini bajarishi va o‘zini yaxshi his qilmayotgan kishilar bilan aloqa qilmasligi kerak.
Biz butun dunyo bo‘ylab bemorlarga ko‘mak berishni davom ettiramiz. Hozirda biz hech qanday yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga duch kelganimizcha yo‘q va zaxira darajalarimiz me’yoridadir. Biz bunga o‘xshash vaziyatlarga yaxshi tayyorlanganmiz va bizda uzoq muddatli yetkazib berishni kafolatlovchi saqlash siyosati mavjud. Bu juda muhimdir, chunki biz butun dunyo bo‘ylab bemorlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan hayotiy muhim dori vositalari bilan ishlamoqdamiz.
Dunyo miqyosidagi vaziyat o‘zgarib borishi bilan biz bemorlarimiz tomonidan o‘zlariga kerakli dori-darmonlardan foydalanishni davom ettirishlarini kafolatlashga e’tibor qaratmoqdamiz.
Novo Nordisk kompaniyasi javobgarligimizni bajarish va global salomatlikka hissa qo‘shishga intiladi va COVID-19 ga qarshi hamkorlikda kurashishda o‘z vaqtidagi ko‘mak va resurslar bilan ta’minlaydi.
Bu ma’lumotlarga yangilanishlar uchun ushbu sahifani kuzatib boring.
Hozirda diabet bilan og‘rigan yoki semizlikka chalingan kishilar COVID-19 yuqtirgan hollarda dori vositalarimizni qabul qilishga (mas., GLP-1 retseptori aginistlari yoki insulinlar) biror-bir ta’sirni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud emas.
Bemorlarimizning COVID-19 salomatlik inqirozi davridagi salomatliklari va sog‘liqlari biz qiladigan narsalarning markazidadir.
Biz javobgarligimizni bajarish va global salomatlikka hissa qo‘shishga intilamiz va COVID-19 ga qarshi hamkorlikda kurashishda o‘z vaqtidagi ko‘mak va resurslar bilan ta’minlaymiz.
Bu ma’lumotlarning yangilanishini bilish uchun ushbu sahifani kuzatib boring.
Bu kasallikdan umumiy ogohlikdir va u tibbiy maslahat sifatida tushunilmasligi kerak. Agar sizda COVID-19 alomatlari mavjud bo‘lsa yoki savollar, gumonlar yoki xavotirlar bo‘lsa, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak. Doimo mahalliy organlar maslahatlariga amal qiling.
Diabet bilan og‘rigan yoki semizlikka chalingan kishilar uchun ko‘p so‘raladigan savollarimizni tayyorlashda biz quyidagi manbalardan foydalandik: