O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston mamlakatlarida soxtalashtirilgan va Novo Nordisk kompaniyasining qonuniy mahsuloti hisoblanmagan Ozempik® va Saksenda® preparatlari sotuvga chiqarilgani Novo Nordisk kompaniyasiga ma’lum bo‘ldi. Soxtalashtirilgan preparatlar qonuniy va noqonuniy ta’minot zanjiri doirasida sotilgan. Soxtalashtirilgan preparatlarning tarkibi haqiqiy preparatlardan butunlay farq qiladi, ulardan foydalanish taqiqlanadi, chunki soxtalashtirilgan preparatlar bemorlarning xavfsizligi uchun xavf tug‘diradi.

Soxtalashtirilgan va haqiqiy preparat o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, haqiqiy Novo Nordisk Ozempik® va Saksenda® shprits-ruchkalari dozani belgilashda cho‘zilmaydi yoki uzunligi oshmaydi. Shkaladagi o‘sish qadamining raqamlari foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq belgilangan dozalar hisoblanadi, masalan, Ozempik® uchun 0.25 mg, 0.5 mg va 1.0 mg va Saksenda® uchun 0.6 mg, 1.2 mg, 1.8 mg, 2.4 mg va 3.0 mg.

Soxta shprits-ruchkani 0 dan 80 birlikgacha bo‘lgan doza o‘lchagichidagi shkala bo‘yicha aniqlash mumkin, dozani belgilashda esa doza selektori shprits-ruchka chegarasidan tashqariga chiqadi.

Asl Ozempik® preparati

Asl Saksenda® preparati

Soxta Ozempik® preparati

Soxta Saksenda® preparati

  •  Soxta mahsulotlar xavfi mavjudligini yodda tuting va ishlatishdan oldin sotib olingan mahsulotni diqqat bilan tekshiring.
  •  Agar Siz soxta mahsulotni topsangiz, uni ishlatmang va io-rom-safety@novonordisk.com elektron pochta orqali bog‘laning yoki +998 78 120 66 55 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Agar Siz soxta deb gumon qilgan mahsulotni ishlatgan bo‘lsangiz, darhol shifokoringizga murojaat qiling.

Novo Nordisk kompaniyasi uchun bemorlarning xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi va biz soxtalashtirilgan mahsulotlarga qarshi kurashda bemorlarni eng yaxshi tarzda qo‘llab-quvvatlash uchun barcha manfaatdor tomonlar bilan yaqin muloqot qilamiz.

Agar sizda biron bir savol paydo bo‘lsa, iltimos, io-rom-safety@novonordisk.com elektron pochta orqali bog‘laning yoki +998 78 120 66 55 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Bo‘sh ish o‘rinlari