1.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to'g'risidagi ushbu Nizom (bundan buyon matnda "Nizom" deb yuritiladi) Kompaniyaning shaxsga doir ma'lumotlarni ishlov berish bo'yicha siyosatini, Kompaniya tomonidan subyektlarning (sayt foydalanuvchilarining) shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish, shu jumladan ularni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish tartibini belgilaydi.
1.2. Shaxsga doir ma'lumotlar muomalasini tartibga solish shaxsga doir ma'lumotlarni ishlov berish subyektlarning huquq va yerkinliklarini ta'minlash, shaxsga doir ma'lumotlar maxfiyligini saqlash va ularni himoya qilishga qaratilgan.
1.3. Nizom:
a) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
b) O'zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi O'RQ-547 “Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida”gi Qonuni;
c) O'zbekiston Respublikasining 11.12.2003 yildagi O'RQ-560-II “Axborotlashtirish to'g'risida”gi Qonuni;
d) O'zbekiston Respublikasining 24.04.1997 yildagi 400-I “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida”gi Qonuni;
e) O'zbekiston Respublikasining 12.12.2002 439-II “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni;
f) O'zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlar asosida va ularning ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
2.1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo'llaniladi:
a) Kompaniya yoki Operator - "Novo Nordisk" mas'uliyati cheklangan jamiyati, STIR: 7729427770, joylashgan manzili: 121614, Moskva sh., Krilatskaya ko'ch., 15-x., 41-41;
b) Kompaniyalar guruhi - Novo Nordisk (Daniya) global farmatsevtika kompaniyasi brendi ostida birlashtirilgan yuridik shaxslar guruhi;
c) shaxsga doir ma'lumotlar - shaxsni (shaxsga doir ma'lumotlar subyektini) aniqlashga imkon beradigan bevosita yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanadigan subyektga doir bo'lgan elektron, qog'oz va (yoki) boshqa moddiy vositada qayd etilgan ma'lumotlar;
d) shaxsga doir ma'lumotlar subyekti yoki subyekt – sayt foydalanuvchisi bo'lgan jismoniy shaxs, yani Kompaniya tomonidan ishlov berilayotgan ma'lumotlar uning shaxsiga doir;
e) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish - avtomatlashtirish vositalari yordamida yoki bunday vositalarni shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan ishlatmasdan, shu jumladan yig'ish, yozib olish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), ajratib olish, ishlatish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, tanishishga ruxsat berish), egasizlantirish, blokirovka qilish, o'chirish, yo'q qilish orqali amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui.
f) shaxsga doir ma'lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish – shaxsga doir ma'lumotlarga hisoblash texnika vositalaridan foydalangan holda ishlov berish. Shu bilan birga, shaxsga doir ma'lumotlar bunday shaxsga doir ma'lumotlar tizimida mavjud bo'lganligi yoki undan olinganligini asos qilib, mazkur shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish faqat avtomatlashtirish vositalari yordamida amalga oshirilgan deb e'tirof etilishi mumkin emas;
g) avtomatlashtirish vositalarini ishlatmasdan shaxsga doir ma'lumotlarni ishlov berish (avtomatlashtirilmagan ishlov berish) – insonning bevosita ishtirokida amalga oshiriladigan foydalanish, aniqlashtirish, tarqatish, yo'q qilish kabi shaxsga doir ma'lumotlar ustidan bajariladigan harakatlar;
h) shaxsga doir ma'lumotlarni tarqatish – shaxsga doir ma'lumotlarni noma'lum shaxslar doirasiga yetkazishga qaratilgan harakatlar, shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida oshkor qilish, Internet tarmog'ida joylashtirish yoki shaxsga doir ma'lumotlarga boshqa usul bilan tanishishga ruxsat berish ta'minlash;
i) shaxsga doir ma'lumotlarni berish- muayyan bir shaxsga yoki shaxslarning guruhiga shaxsga doir ma'lumotlarni oshkor qilishga qaratilgan harakatlar;
j) shaxsga doir ma'lumotlarni blokirovka qilish – shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni vaqtincha tugatish (shaxsga doir ma'lumotlarga aniqlashtirish uchun ishlov berish zarurligi hollari bundan mustasno);
k) shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish – shaxsga doir ma'lumotlar tizimidagi shaxsga doir ma'lumotlarning tarkibini tiklash imkonsiz bo'lib qoladigan va (yoki) shaxsga doir ma'lumotlarning moddiy tashuvchilaridan yo'q qilinadigan natijaga olib keluvchi harakatlar;
l) shaxsga doir ma'lumotlarni egasizlantirish - qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanmasdan shaxsga doir ma'lumotlarning muayyan bir subyektga tegishli ekanligini aniqlash imkonsiz bo'lib qoladigan natijaga olib keluvchi harakatlar;
m) shaxsga doir ma'lumotlarning transchegaraviy uzatilishi – shaxsga doir ma'lumotlarni chet davlatning hududiga chet davlat davlat organiga, chet el jismoniy yoki chet el yuridik shaxsiga o'tkazish.
3.1. Kompaniya quyidagi toifadagi subyektlarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov beradi:
a) sayt foydalanuvchilari;
b) boshqa subkeytlar, yani ularning Operator bilan o'zaro aloqasi ularning shaxsiga doir ma'lumotlarga ishlov berishga ehtiyoj tug'diradigan subyektlar.
4.1. Har bir toifadagi subyektlarning shaxsga doir ma'lumotlarining tarkibi va hajmi ularga ishlov berishning aniq maqsadlariga erishish zarurati, hamda, Kompaniyaning o'z huquq va majburiyatlarini, shuningdek subyektning tegishli huquq va majburiyatlarini amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi.
4.2. Sayt foydalanuvchilarining shaxsga doir ma'lumotlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) fuqaroligi;
c) ta'lim darajasi, malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash, ilmiy unvoni. ilmiy darajasi to'g'risidagi ma'lumotlar;
d) aloqa ma'lumotlari (shu jumladan ish va / yoki mobil telefon raqamlari, elektron pochta va hokazo);
e) amaldagi yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar;
f) lavozimi
g) Ish beruvchining nomi;
h) Ish beruvchining joylashgan manzili to'g'risidagi ma'lumotlar;
i) to'lovlar tafsilotlari;
j) soliq to'lovchining identifikatsiya raqami;
k) tibbiy xarakterdagi ma'lumotlar (qonunda nazarda tutilgan hollarda).
4.3. Boshqa subyektlarning shaxsga doir ma'lumotlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
a) familiyasi ismi otasini ismi;
b) aloqa ma'lumotlarini;
c) Kompaniya va subyekt o'rtasidagi o'zaro huquq va burchlarnibajarish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar.
5.1. Subyektlarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
a) Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish qonuniy va adolatli asosda amalga oshirilishi lozim.
b) Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish aniq, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish maqsadlariga mos kelmaydigan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga yo'l qo'yilmaydi.
c) Ishlov berilishi bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarda amalga oshiriladigan shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazalarini birlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
d) faqat o'z ishlov berish maqsadlariga javob beradigan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berilishi lozim.
e) Ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarning tarkibi va hajmi ishlov berishning belgilangan maqsadlariga mos kelishi kerak. Ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlar ularni ishlov berish belgilangan maqsadlariga nisbatan ortiq bo'lmasligi kerak.
f) Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda shaxsga doir ma'lumotlarning to'g'riligi, ularning yetarliligi va agar kerakli hollarda, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlariga bog'liqligi ta'minlanishi kerak. Operator to'liq bo'lmagan yoki noto'g'ri ma'lumotlarni olib tashlash yoki aniqlashtirish uchun zarur choralarni ko'rishi yoki qabul qilinishini ta'minlashi lozim.
g) Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash ularning subyektini aniqlashga imkon beradigan shaklda,ularga ishlov berish maqsadi talab qilinadigan vaqtdan doirasidaamalga oshirilishi kerak, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa. Ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ishlov berish maqsadlariga erishilganda yoki ushbu maqsadlarga erishish zaruriyati yo'qolgan taqdirda yo'q qilinishi kerak.
6.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish subyektlarning Kompaniya saytiga kirishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi, ya'ni:
a) Kompaniya mahsulotlari haqida ma'lumot berish;
b) tadbirlar o'tkazish va ularda shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining ishtirokini ta'minlash;
c) Kompaniya tomonidan tibbiy -ilmiy, so'rov-ma'lumot va boshqa ma'lumotlarni taqdim etish;
d) shikoyatlar va mahsulot xavfsizligi to'g'risidagi da'volarni ko'rib chiqish;
e) noxush holatlar va aks ta'sirlar to'g'risida shikoyatlarni ko'rib chiqish;
f) dori vositalari samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish;
g) O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan Kompaniyaga yuklatilgan funktsiyalarni, vakolat va majburiyatlarni amalga oshirish va bajarish.
h) Farmakologik nazorat talablarini, xususan, O'zbekiston Respublikasining 25.04.1997 yildagi 415-I-sonli "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida" gi Qonunining 13-moddasining talablarini bajarish;
i) Kompaniya manfaatlari va qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini ta'minlashga qaratilgan boshqa maqsadlar.
6.2. Shaxsga doir ma'lumotlarga faqat belgilangan qonuniy maqsadga erishish uchun ishlov beriladi. Ma'lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish yo'lida ishlov berish uchun yangi rozilik olish kerak.
6.3. Agar qonunchilikni muvofiqligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish boshqa maqsadlar uchun ham amalga oshirilishi mumkin.
7.1. Umumiy qoidalar
7.1.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish ichki tarmoq va Internetdan foydalangan holda, aralash (avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan) ishlov berish orqali amalga oshiriladi.
7.1.2. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning asosiy sharti -subyektning roziligini, shu jumladan yozma ravishda, olishdir. Shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun subyektning roziligi yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat shaklida, olinadi.
7.1.3. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektining uning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga roziligi kamida quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) shaxsga doir ma'lumotlar subyekti vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi;
c) shaxsga doir ma'lumotlar subyektining roziligini olgan Kompaniyaning nomi va manzili;
d) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadi;
e) ishlov berish uchun shaxsga doir ma'lumotlar subyektining roziligi berilgan shaxsga doir ma'lumotlar ro'yxati;
f) shaxsga doir ma'lumotlar bilan bajarilishi uchun rozilik berilgan harakatlar ro'yxati, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish uchun operator tomonidan qo'llaniladigan usullarning umumiy tavsifi;
g) rozilik amal qiladigan muddat, shuningdek uni qaytarib olish tartibi;
h) shaxsga doir ma'lumotlar subyektining shaxsiy imzosi yoki uning muqobili.
7.1.4. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektining shaxsiga doir ma'lumotlariga ishlov berish roziligi talab qilinadigan, ammo yozma ravishda rozilik talab qilinmaydigan hollarda, shaxsga doir ma'lumotlar subyekti elektron aloqa, Internet, elektron pochta yoki faks orqali roziligini berishi mumkin.
7.2. Yig'ish
7.2.1. Barcha shaxsga doir ma'lumotlarning manbai to'g'ridan-to'g'ri shaxsga doir ma'lumotlar subyektidir.
7.2.2. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, Kompaniya subyektning shaxsiga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslardan faqat subyektning uchinchi shaxslardan o'z shaxsga doir ma'lumotlarini olishga yozma roziligi bilan olish huquqiga ega. Shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslardan olinganda subyektga uning shaxsga doir ma'lumotlari uchinchi shaxslardan olganligi to'g'risida xabar berilishi kerak.
7.2.3. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektining uning shaxsga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslardan olganligi to'g'risida xabarnomasida quyidagilar bo'lishi kerak:
a) Operatorning nomi va uning joylashgan manzili,
b) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning maqsadi va uning huquqiy asoslari,
c) shaxsga doir ma'lumotlarning kutilayotgan foydalanuvchilari,
d) shaxsga doir ma'lumotlar subyektining qonun bilan belgilangan huquqlari,
e) shaxsga doir ma'lumotlarni olish manbai.
7.3. Saqlash
7.3.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlashda shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash shartlariga rioya qilish kerak.
7.3.2. Qog'oz shaklidagi shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar, ruxsat etilmagan foydalanish imkonini berishdan himoyalanishini ta'minlaydigan sharoitlarda, kirish imkoniyati cheklangan maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. Hujjatlarni saqlash joylari ro'yxati butun tashkilot ichida Kompaniya tomonidan belgilanadi.
7.3.3. Elektron shaklda saqlanadigan shaxsga doir ma'lumotlar ruxsatsiz kirishdan maxsus texnik va dasturiy ta'minot himoya qilish vositalari orqali himoyalanadi. Shaxsga doir ma'lumotlarni Kompaniya foydalanadigan axborot tizimlari va Kompaniya tomonidan maxsus belgilangan ma'lumotlar bazalaridan tashqarida elektron shaklda (shaxsga doir ma'lumotlarni tizimsiz) saqlashga yo'l qo'yilmaydi.
7.3.4. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash shaxsga doir ma'lumotlar subyektini identifikatsiyalashga imkon beradigan shaklda amalga oshirilishi kerak, lekin ularga ishlov berish maqsadi talab qiladigan vaqtdan oshmasligi kerak, agar boshqa muddat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki shaxsga doir ma'lumotlar subyekti, benefitsiar yoki kafil bo'lgan shaxs bilan shartnomada belgilanmagan bo'lsa.
7.3.5. Agar qonunchilikda boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, ishlov berilgan shaxsga doir ma'lumotlar ishlov berish maqsadlariga erishgandan so'ng, ushbu maqsadlarga erishish zarurati yo'qolgan taqdirda yoki ularni saqlash muddati tugagandan so'ng yo'q qilinadi.
7.3.6. Shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish yoki egasizlashtirish ushbu shaxsga doir ma'lumotlarga keyinchalik ishlov berishni istisno qiladigan tarzda amalga oshirilishi kerak.
7.3.7. Agar shaxsga doir ma'lumotlarning bir qismini yo'q yoki blokirovka qilish zarur bo'lsa, yo'q yoki blokirovka qilinishi kerak bo'lmagan ma'lumotlarning nusxasini oldindan, yo'q yoki blokirovka qilinishi zarur bo'lgan hujjatlarning ko'chirlishini istisno qiladigan usulda, ko'chirish orqali, moddiy vosita yo'q qilinadi yoki bloklanadi.
7.4. Foydalanish
7.4.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga Qoidalarning 6.1-bandida ko'rsatilgan maqsadlarda ishlov beriladi va ishlatiladi.
7.4.2. Shaxsga doir ma'lumotlarga kirish faqat shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlashni o'z zimmasiga olgan shaxslarga va faqat ma'lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo'lgan davrga taqdim etiladi.
7.4.3. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga bog'liq bo'lgan Kompaniya xodimlari o'zlariga ishonib topshirilgan yoki professional, rasmiy yoki ish vazifalarini bajarish sababli ma'lum bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarning oshkor qilinishini oldini olishga majburdirlar.
7.5. Uzatish va berish
7.5.1. Subyektlarning shaxsga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga berishga eng kam talab qilinadigan hajmlarda va faqat ushbu ma'lumotlarni yig'ishning obyektiv sabablariga mos keladigan vazifalarni bajarish uchun yo'l qo'yiladi.
7.5.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga, shu jumladan tijorat maqsadlarida taqdim etishga faqat subyektning roziligi yoki boshqa qonuniy asoslar bilan yo'l qo'yiladi.
7.5.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishda, subyekt bunday qoidalar to'g'risida xabardor qilinishi kerak, qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno, xususan:
a) shaxsga doir ma'lumotlar subyekti Kompaniyadan tegishli ma'lumotlarni olgan operator tomonidan uning shaxsiga doir ma'lumotlariga ishlov berishga rozi bo'lsa va xabar beradi;
b) shaxsga doir ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlar subyekti tomonidan ommaviy ravishda e'lon qilingan yoki ommaviy manbadan olingan;
c) shaxsga doir ma'lumotlar statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida, ilmiy, adabiy yoki boshqa ijodiy faoliyatni amalga oshirish uchun ishlov berilanadi, agar bu shaxsga doir ma'lumotlar subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa.
7.5.4. Shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni uzatish ruxsatsiz kirish, yo'q qilish, o'zgartirish, blokirovka qilish, nusxalash, tarqatish va shu kabi boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishni ta'minlaydigan tarzda amalga oshirilishi kerak.
7.5.5. Shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni uzatish xorijiy davlatlar hududida, shu jumladan subyektning roziligi bilan shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini ytarli darajada himoya qilishni ta'minlamaydigan davlatlar hududida amalga oshirilishi mumkin. Bunday uzatish shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan talablar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
7.5.6. Shaxsga doir ma'lumotlarni olayotgan shaxslarni ushbu ma'lumotlardan faqat ular yetkazilgan maqsadlarda va maxfiylik rejimiga muvofiq foydalanish mumkinligi to'g'risida ogohlantirish kerak. Kompaniya ushbu shaxslardan mazkur qoidaga rioya qilinganligini tasdiqlashni talab qilishga haqlidir.
7.5.7. Davlat organlari shaxsga doir ma'lumotlarni so'rash huquqiga ega bo'lgan yoki shaxsga doir ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining qonun kuchi bilan taqdim etilishi kerak bo'lgan hollarda, shuningdek sudning talabiga binoan ularga tegishli ma'lumotlar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
7.5.8. Kelayotgan barcha so'rovlar oldindan ko'rib chiqish va tasdiqlash uchun Kompaniyada shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni tashkil etish uchun mas'ul bo'lgan shaxsga etkazilishi kerak.
7.6. Ishlov berishni topshirish
7.6.1. Tuzilgan shartnoma asosida, agar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, kompaniya shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni bunday ma'lumotlar subyektining roziligi bilan boshqa shaxsga ishonib topshirishga haqli. Shaxsga doir ma'lumotlarni Kompaniya nomidan ishlov beruvchi shaxs O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaxsga doir ma'lumotlarni ishlov berishning tamoyillari va qoidalariga rioya qilishi lozim.
7.6.2. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bilan shug'ullanadigan boshqa shaxslar ularga ishonib topshirilgan yoki professional, rasmiy yoki ish vazifalarini bajarish bilan bog'liq ravishda ma'lum bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarning oshkor qilinishini oldini olishga majburdirlar.
7.6.3. Kompaniya nomidan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov beruvchi shaxs bilan tuzilgan shartnomada quyidagilar aniqlanishi kerak:
a) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berayotgan shaxs tomonidan amalga oshiriladigan shaxsga doir ma'lumotlar bilan bog'liq harakatlar (operatsiyalar) ro'yxati;
b) ishlov berishning maqsadi;
c) bunday shaxsning shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligini saqlash va ularga ishlov berish vaqtida shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash majburiyati, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlangan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish talablari va bunday talablarga rioya qilmaslik uchun javobgarlik ko'rsatilishi kerak.
7.7. Himoya
7.7.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish quydagi qator huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlarni anglatadi:
a) axborotga ruxsatsiz kirish, yo'q qilish, o'zgartirish, blokirovka qilish, nusxalash, berish, tarqatish va shu kabi boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilishni ta'minlash;
b) ishlatishi cheklangan ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
c) ma'lumot olish huquqini amalga oshirish;
d) subyektning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoya qilish huquqini amalga oshirish;
e) shaxsga doir ma'lumotlarning yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlash.
7.7.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish uchun Kompaniya qonunchilikda nazarda tutilgan zarur choralarni ko'radi, jumladan:
a) lavozim vazifalari shaxsga doir ma'lumotlarga ega bo'lgan ma'lumotlarga (shu jumladan elektron axborot resurslariga kirish uchun kalitdan foydalanish orqali) kirishni talab qiladigan shaxslar doirasini cheklaydi va tartibga soladi;
b) shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlarni cheklangan kirish sharoitida saqlash uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi;
c) agar qonunchilikda tegishli ma'lumotlarni saqlash talablari belgilanmagan bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni yo'q qilish tartibini tashkil qiladi;
d) shaxsga doir ma'lumotlarning, shu jumladan ushbu Nizomda belgilanganlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha talablarning bajarilishini nazorat qiladi (ichki tekshiruvlar o'tkazish, maxsus monitoring vositalarini tuzish va boshqalar);
e) shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish yoki oshkor qilish, aybdor xodimlarni javobgarlikka tortish, boshqa choralarni ko'rish holatlarini tekshiradi;
f) elektron shaklda axborotni himoya qilishning dasturiy va texnik vositalarini amalga oshiradi;
g) ruxsatsiz kirish tufayli o'zgartirilgan yoki yo'q qilingan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta tiklash imkoniyatini beradi; va boshqa choralar.
7.7.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni axborot tizimlarida ishlov berishda himoya qilish uchun Kompaniya qonunchilikda nazarda tutilgan zarur choralarni ko'radi, shu jumladan:
a) ularga ishlash jarayonida shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash;
b) shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish talablarini qondirish uchun zarur bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarni axborot tizimlarida ishlov berish paytida shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha mazkur ma'lumotlar himoya darajasi qonunchilikda belgilangan tashkiliy va texnik choralarni qo'llash, ularni amalga oshirish bilan ta'minlash;
c) shaxsga doir ma'lumotlarni avtomat tashuvchilarni hisobga olish;
d) shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish faktlarini aniqlash va choralar ko'rish;
e) ruxsatsiz kirish tufayli o'zgartirilgan yoki yo'q qilingan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta tiklash;
f) shaxsga doir ma'lumotlar tizimida ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlarga kirish qoidalarini belgilash, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlar tizimida shaxsga doir ma'lumotlar bilan amalga oshirilgan barcha harakatlarni ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olishni ta'minlash.
7.7.4. Kompaniya shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni tashkil etishga mas'ul shaxslarni tayinladi.
7.7.5. Kompaniya O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko'zda tutilgan shaxsga doir ma'lumotlar sohasida o'z majburiyatlarini bajarishini ta'minlashga qaratilgan boshqa choralarni ko'radi.
8.1. Shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari quyidagilarga haqli:
a) shaxsga doir ma'lumotlariga kirish huquqiga ega bo'lishga;
b) shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga berilagan roziligini qaytarib olishga;
c) shaxsga doir ma'lumotlarni o'zgartirish, yangilash, yo'q qilish va blokirovka qilishga;
d) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga oid ma'lumotlarni olishga;
e) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizliklar ustidan shikoyat qilish va qonunchilikda belgilangan tartibda suddan tegishli kompensatsiya talab qilishga;
f) qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsga doir ma'lumotlarini himoya qilish va o'zining manfaatlarini himoya qilish uchun vakillarni tayinlashga;
g) shaxsga doir ma'lumotlar sohasida o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga;
h) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish sohasida qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va vakolatxonaning mahalliy normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishga.
8.2. Bunday ma'lumotni taqdim etish boshqalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning shaxsga doir ma'lumotlariga kirish huquqi cheklanishi mumkin.
8.3. Shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga taalluqli holatlarda subyektlardan yoki ularning vakillaridan kelgan barcha so'rovlar tegishli jurnalda qayd etiladi.
8.4. Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti quyidagilarga majbur:
a) Kompaniyani ishonchli shaxsga doir ma'lumotlar bilan ta'minlash;
b) o'zlarining shaxsga doir ma'lumotlariga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar to'g'risida Kompaniyani tezda xabardor qilish;
c) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish sohasida o'z huquqlarini qonunchilikka, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va Kompaniyaning mahalliy me'yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
d) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlob berish va himoya qilish sohasida qonunlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda va Kompaniyaning mahalliy normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
9.1. Kompaniya quyidagilarga haqli:
a) Kompaniyada shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish qoidalarini belgilash, Nizomga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish, mustaqil ravishda, qonun hujjatlari talablari doirasida, Operator majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar shakllarini ishlab chiqsih va qo'llash;
b) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish sohasida qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va Vakolatxonaning mahalliy normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
9.2. Kompaniya quyidagilarga majbur:
a) shaxsga doir ma'lumotlarni faqat ular yig'ilgan maqsadlar uchun ishlov berishni ta'minlash;
b) shaxsga doir ma'lumotlar subyektidan o'z shaxsiga doir ma'lumotlarini ishlov berishga rozilik olish, shu jumladan yozma ravishda, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda;
c) shaxsga doir ma'lumotlarning maxsus toifalariga faqat shaxsga doir ma'lumotlar subyektining yozma roziligi bilan ishlov berilishi, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa;
d) shaxsga doir ma'lumotlarni ularning noto'g'ri ishlatilishidan yoki yo'qolishidan himoya qilish;
e) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish sohasida O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va Kompaniyaning mahalliy me'yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishga.
10.1. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va himoya qilish sohasida O'zbekiston Respublikasining qonunchiligini buzganlik uchun Kompaniya qonunchilikda belgilangan javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
10.2. Agar Kompaniya shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni boshqa shaxsga ishonib topshirsa, Kompaniya shaxsga doir ma'lumotlar subyeti oldida javobgar bo'ladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni Kompaniya nomidan ishlov beruvchi shaxs Kompaniya oldida u bilan tuzilgan shartnoma asosida javob beradi.
Your Career Guide