Muvofiqlik bo‘yicha Ishonch telefoni Novo Nordisk  Direktorlar Kengashining bir qismi bo‘lgan Taftish qo‘mitasi,  tomonidan egalik qilinadi va nazorat qilinadi.

Agar siz Novo Nordisk xodimi bo‘lsangiz, mahalliy rahbariyat, mahalliy yuridik yoki kadrlar bo‘limi orqali murojaat qilishingiz tavsiya qilinadi. Agar bu opsiya bo‘lmasa, siz quyida esga olib o‘tilgan opsiyalardan foydalanishingiz mumkin. 

Biznes etikasi, buxgalteriya masalalari va firibgarlik, Novo Nordisk Way, shaxsiy ma’lumotlarning ehtimoliy buzilishlari, sifat yoki huquqiy xatarlar va/yoki Novo Nordisk kompaniyasiga jiddiy xatarlar bilan bog‘liq boshqa masalalarga oid masalalar Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefoniga xabar qilinishi kerak. Siz quyida xabar berish uchun masalalarga misollarni qiyidan topishingiz mumkin.

Shuni yodda tutingki, mijozlarning shikoyatlari, nojo‘ya ta’sirlar yoki qalbaki mahsulotlar haqida xabar berish uchun Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefonidan foydalanilmasligi kerak. Bunday masalalar bo‘yicha xabar berish uchun chap menydagi havolalardan foydalaning.

  • Novo Nordisk yoki Novo Nordisk kompaniyasining vakili bo‘lgan uchinchi tomonlar tomonidan axloqsiz xatti-harakat yoki biznes etikasi siyosatlari va standartlarning buzilishi.

Misollar noto‘g‘ri sotuvlar va marketing faoliyatlari, nooʻrin foydalarni berish yoki olish, mahsulotni noto‘g‘ri namunalash, mijozlar yoki uchinchi tomonlar bilan mos bo‘lmagan munosabatlar va bemorlar bilan mos bo‘lmagan o‘zaro aloqalarni o‘z ichiga oladi.

  • Boshqarish amaliyotlari, biznes axloqi yoki o‘zini tutishi bilan bog‘liq bo‘lgan Novo Nordisk Way qoidalarining jiddiy buzilishi.

Misollar xodimlar bilan adolatsiz munosabatda bo‘lish, kengroq boshqaruvdagi axloqsizlik yoki qasd qolish bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oladi.

  • Shubhali buxgalteriya hisobi, ichki boshqaruvlar, audit va moliyaviy hisobotlar yoki ruxsat berilmagan imtiyozlar, jumladan pullar, mulk yoki xizmatlarni adolatsiz tarzda olish uchun qasddan harakatlarga oid muammolar.

Misollar qalbaki moliyaviy hisobotlar, mukammal bo‘lmagan ichki nazorat, hujjatlarni qalbakilashtirish va NN aktivlarini suiiste’mol qilish yoki o‘g‘irlikni o‘z ichiga oladi.

  • Mahsulotlarga yoki GxP bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sir qiluvchi, doimiy Sifatni boshqarish tizimi tomonidan hal qilinmagan sifat bilan bog‘liq muammolar.
  • Shaxsiy ma’lumotlarning ehtimoliy buzilishi. Shaxsiy ma’lumotlarga har qanday qasddan yoki tasodifan kirish, oshkor qilish, yo‘q qilish yoki ruxsatsiz o‘zgartirish.
  • Monopoliyaga qarshi kurash yoki halol savdo, josuslik yoki sabotaj haqidagi qonunlarning jiddiy buzilishlari hamda axborot xavfsizligining buzilishlari.

Muammoni telefon orqali yoki onlayn tarzda Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefoniga xabar berish mumkin.

Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefoni uchinchi tomon orqali boshqariladi va xabar berayotgan tomon anonim bo‘lishni tanlashi mumkin. Biroq biz barcha xabar beruvchilarni o‘zlarini tanishtirishga undaymiz, shu orqali biz xabarni yaxshiroq surishtirishimiz va surishtiruv vaqtida xabar beruvchi bilan aloqani saqlab turishimiz mumkin.

Qo‘shimcha yo‘riqnomalar va tegishli telefon raqamlari uchun Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefoni xabar berish portaliga o‘ting

Havolani ochishda yuqori o‘ng burchakda bir necha tillar orasidan tanlash mumkin. Telefon orqali xabar berganda agent sizga javob berishi uchun imkoniyatga ega bo‘lguncha biroz kutishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefoni xabar berish portali

Muvofiqlik bo‘yicha ishonch telefoni – Eron (Agar siz Eronda bo‘lsangiz, ushbu havoladan foydalaning)

Hodisa haqida telefon orqali yoki onlayn tarzda xabar berganingizda sizga xos ish raqami beriladi va tegishli parolni yaratish so‘raladi.

Ushbu ma’lumotlar bilan siz ishning holatini tekshirishingiz mumkin, xabaringizga biror-bir savol borligini ko‘rishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishingiz mumkin. 

Biz yaxshi niyatda xabar beradigan yoki surishtiruvda qatnashadigan shaxslarga qarshi kamsitish yoki qasd olishga toqat qilmaymiz. Agar siz xabar berganingiz yoki surishtiruvda qatnashganligingiz uchun sizdan qasd olinganligiga ishonsangiz, darhol Muvofiqlik ishonch telefoniga murojaat qilishingiz kerak. Bunday xabarlarning barchasi maxfiy ravishda tekshiriladi

Muvofiqlik bo‘yicha Ishonch telefoni Daniyaning Kopengagen shahrida joylashgan. Shuning uchun unga nisbatan Daniya va Yevropa Ittifoqining bunday xabarlarni berishga oid cheklanishlari qo‘llaniladi.