1-turdagi diabet tananing taomdagi glyukozani energiyaga aylantirish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi bir umrlik kasallikdir. Ko‘pchilik hollarda 1-turdagi diabet hayotda juda erta rivojlanadi va ko‘pincha bolalikda tashxislanadi.

Kasallik immun tizimi glyukozani tanadagi hujayralar uchun energiyaga aylantirib beruvchi gormon bo‘lgan insulin ishlab chiqaruvchi oshqozon osti bezi hujayralariga hujum qilganida boshlanadi. Kunlik insulin inyeksiyalarisiz 1-turdagi diabet bilan yashayotgan odamlar tirik qolmagan bo‘lardilar.

Diabet bilan kasallanganlar uchun davolash usullarini kashf qilish va ishlab chiqish bo‘yicha deyarli 100 yillik tajribaga asoslangan holda olimlarimiz yaxshi glukemik nazoratni ishlab turish uchun talab qilinuvchi insulin inyeksiyalari sonini kamaytirish va qondagi glyukoza pastligi (gipoglikemik) epizodlarining oldini olish uchun tadqiqotlarni rivojlantirmoqdalar.

Yakuniy maqsadimiz 1-turdagi diabetni davolashdir. Biz qon hujayralari terapiyasi kabi regeneratriv tibbiyot sohasidagi tadqiqotlarimizni davom ettiryapmiz, ulardan kelajakda 1-turdagi diabetni davolash uchun davolash vositasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lishi mumkin.

Qondagi ko‘zlangan glyukoza darajalarini ushlab turish tanadagi organlarning zararlanishidan himoya qilishga yordam beradi. U yana 1-turdagi diabet bilan yashayotgan odamlarni gipoglikemiyadan ham himoya qiladi.

Insulin terapiyasi diabet bilan og‘rimagan odamning tabiiy insulin javobiga imkoni boricha yaqinroq borishni maqsad qiladi. Bu 1-turdagi diabet bilan yashayotgan odamlarga qondagi ko‘zlangan glyukoza darajalarini ushlab turishga yordam beradi.

Insulin terapiyasi tanadagi tabiiy javobga qanchalik yaqinroq kelsa, qondagi glyukoza darajalarini muvozanatlash ham shunchalik yaxshiroq bo‘ladi.

Insulin bilan davolash sezilarli darajada yaxshilandi va har bir yangi rivojlanish bilan biz tabiiy insulin javobiga yaqinlashamiz. Eng muhimi ushbu yutuqlar 1-turdagi diabet bilan yashovchi odamlarga diabetni davolash va u bilan yashash tufayli yuzaga keladigan ayrim noqulayliklarni yengishga yordam berdi.

Eng katta ustivor maqsadlarimizdan biri - gipoglikemiya hodisalarini bartaraf qiluvchi aqlli insulinlar deb ataluvchi insulinlarni ishlab chiqish. Bu 1-turdagi diabetni davolashdagi navbatdagi yutuq bo‘lgan bo‘lur edi. Biz bu ulkan maqsadni diabetni o‘rganish hamjamiyatidagi ko‘pgina hamkorlar bilan baham ko‘ramiz va umumiy maqsad - gipoglikemiyani bartaraf qilish yo‘lida yaqin hamkorlikda ishlaymiz.

Biz 1-turdagi diabetga qarshi davolash vositasini topishga yaqinlashyapmiz.

Biz butun dunyodagi yetakchi universitetlar bilan birgalikda qon hujayralarini xuddi sog‘lom odamda oshqozon osti bezi hosil qiladigani kabi glyukozani sezuvchi, insulin chiqaruvchi beta hujayralarga aylantirishga muvaffaq bo‘ldik. Hayvonlar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda ushbu aylantirilgan qon hujayralari 1-turdagi diabet bilan kasallangan sichqonlarni muvaffaqiyatli tuzatdi.

Bizoldinga sari bir nechta muhim qadamlarni qo‘ydik va qolgan muammolar ustida ishlashni davom ettiramiz. Baxtimizga biz yolg‘iz emasmiz. Biz qon hujayralarini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy hamjamiyat orasida mustahkam tarmoqqa egamiz va u kundan-kunga kuchliroq bo‘lib bormoqda.

Yagona savol qachon ushbu hamkorliklarning 1-turdagi diabet bilan yashovchi millionlab odamlar uchun davolashga olib borishidir.

Insulin bilan davolash imkoni boricha oson bo‘lishi kerak va bu doimo bizning falsafamiz bo‘lib kelgan. Yaxshiroq davolash yechimlaridan tortib raqamli yechimlargacha - biz surunkali kasalliklar bilan yashayotganlarning hayot yukini yengillatishga va 1-turdagi diabet bilan yashayotgan millionlab kishilarning turli ehtiyojlarini qoniqtirishga intilamiz.

1-turdagi diabet doirasida biz hozirda quyidagi sohalar bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqdamiz:

  • Glyukozaga ta’sirchan insulinlar
  • Ulangan insulin yetkazib berish qurilmalari
  • Qon hujayralari bilan davolash usullari

Surunkali kasallik bilan yashovchi odamning ovozini ilmiy tajribalarimiz va muhandislik malakalari bilan birlashtirganimizda innovatsion insulinlar va yetkazib berish tizimlarini kashf qilish va rivojlantirishni davom ettirishimiz mumkin.