Nima uchun shuncha ko‘p kishilar sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish huquqidan mahrumdirlar?

Diabet va kam uchraydigan qon buzilishlari bilan og‘rigan millionlab kishilar o‘zlari muhtoj bo‘lgan hayotiy muhim dorilarini ola olmaydilar. Ayrim hollarda dori juda qimmat yoki shifokorga ko‘rinish yoki retsept olish uchun borish uzoq safarga chiqishni va mablag‘larning sarflanishini taqozo qiladi.

Eng yomon holatlarda ko‘rinish uchun shifokor, borish uchun sog‘liqni saqlash klinikasi yoki dorixonalar peshtaxtalarida dori mavjud bo‘lmaydi.

Haqiqiy holatning og‘irligi shundaki, bugungi kunda bemorlarning atigi kichik ulushigina davolanmoqda – va odamlar biz ishlab chiqaradigan dori vositalari va o‘zlariga kerakli davolashdan arzon tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun biz shu farqni yo‘qotishimiz kerak.

To‘siqlar murakkab va ular mamlakatdan mamlakatga farq qiladi, biroq tajribamizdan bilamizki, bunday o‘zgarishni amalga oshirish mumkin.

Bizning ulkan maqsadimiz hamyonboplikning turli darajalarini taqdim etgan holda diabet, kam uchraydigan qon kasalliklari va kam uchraydigan endokrin tizimi buzilishlari bilan kasallangan ko‘proq odamlarga bizda mavjud bo‘lgan dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishdir.

Sog‘liqni saqlash xizmatlarining 1-turdagi diabet bilan kasallangan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlari juda cheklangan bo‘lgani holda achchiq haqiqat shundan iboratki, ulardan faqat ozchiligidunyodagi eng qashshoq mamlakatlar reyestrlariga kirish uchun yetarli darajada uzoq yashayaptilar.

14 ta past va o‘rta daromadli mamlakatdagi 208 ta klinikada bizning Bolalarda Diabetni o‘zgartirish® dasturimiz 1-turdagi bolalar uchun davolanish va hayotni saqlab qoluvchi insulinni kafolatlaydi. Bugungi kunda dastur 26,000 dan ziyod bolalarni tibbiy davolanish, insulin va boshqa dori vositalari bilan ta’minlamoqda. Keyingi ulkan maqsadimiz 2030 yilga kelib 100,000 ta bolani qamrab olish uchun dasturni kengaytirishdan iboratdir.

Yuqoridagi videoda siz 1-turdagi superyulduz - Gvineyalik Bilguissa bilan tanishasiz. Bilguissa Gvineyada 1-turdagi diabet bilan yashovchi bolalar va yoshlarning yangi avlodining vakilidir. Bolalarda Diabetni o‘zgartirish® kilinikasidagi shifokorlar va hamshiralarning qo‘llab-quvvatlashi bilan u bugungi kunda umidlarga to‘la bo‘lgan, o‘zidagi diabet kasalligini yaxshi boshqara oluvchi va yosh tengdoshlariga yo‘llanma bera oluvchi va ilhomlantiruvchi reflektiv hamjamiyat yetakchisidir.

Past va o‘rta daromadli mamlakatlarda biz qo‘shimcha e’tiborni diabet bilan yashovchi eng zaif odamlarga qaratamiz. Biz faoliyat olib boradigan mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ida biz muhtoj kishilarga yordam berish uchun hamyonboplik va foydalanish imkoniyati dasturlarini ishga tushirdik.

Ushbu dasturlar quyidagi kabi qiyin savollarga javob berish uchun ishlamoqda:

  • Biz qanday qilib ko‘proq bemorlarni hamyonboplik dasturlariga kirishga undaymiz?

  • Sovutishni talab qilmaydigan va shuning uchun uzoqroq muddatga yetkazish mumkin bo‘lgan insulinlarni qanday qilib yaratamiz?

  • Narxlarni pasaytirish uchun dori vositalarini yetkazib berish zanjirini qanday qilib soddalashtirishimiz mumkin?

Biz insulinni barcha foydalana oladigan qilishga kuchli darajada intilish bilan ushbu savollar ustida ish olib bormoqdamiz. Bizning hamyonbop davolash va diabetni davolashdan foydalanish imkoniyatiga intilishimiz haqida ko‘proq o‘qing va bilib oling.

Biz bundan keyin ham arzon insulinni mahsulotlarimiz portfeliga qo‘shish hamda odam insulinini uzoq yillar davomida taqdim qilish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmamizga olganmiz. Bu bizning Insulindan foydalanish imkoniyati bo‘yicha majburiyatimizdir.

Diabetni yengish strategiyamiz bilan biz past va o‘rta daromadli mamlakatlar uchun eng yuqori narxlarni pasaytiryapmiz va shu bilan bir vaqtda AQSh va dunyoning boshqa joylarida hamyonboplik dasturlarini kengaytirish ustida ish olib bormoqdamiz.

Past va o‘rta daromadli mamlakatlardagi hamyonbop insulin

2001 yili biz eng cheklangan resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlarda odam insulinining narxini pasaytirish bo‘yicha novatorlik siyosatini boshladik. Bugungi kunda siyosatimiz dunyodagi diabet bilan kasallangan aholining uchdan biri yashaydigan hamda alohida gumanitar tashkilotlar joylashgan 76 ta mamlakatni qamrab oladi.

Majburiyatlarimiz quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Biz dunyodagi past narxdagi odam insulining yetakchi ta’minotchisi bo‘lishda davom etamiz.
  • Biz odam insulinining dunyoning eng qashshoq mamlakatlari, jumladan BMT ta’rifi bo‘yicha eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), Jahon Banki ta’rifi bo‘yicha past daromadga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlar va kam daromadli aholining katta qismi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatidan foydalana olmaydigan o‘rta daromadli mamlakatlar hamda majburiyatlari global darajada bo‘lgan alohida gumanitar tashkilotlarda past narxda taqdim etilishini kafolatlaymiz.
  • Biz odam insulinining flakoni 3 AQSh dollaridan bo‘lgan maksimal narxini kafolatlaymiz.
  • Biz insulinni yetkazib berish va ko‘pincha past narxdagi insulinning eng muhtoj odamlarga yetib borishiga to‘sqinlik qiluvchi sog‘liqni saqlash imkoniyatlaridagi muammolarni yechishga urinamiz.

Novo Nordisk kompaniyasining davolanishdan foydalanish imkoniyatini ilgari surishga bo‘lgan hissasining bir qismi bo‘lib bizning Jahon diabet jamg‘armasiga bo‘lgan doimiy uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarimiz hisoblanadi.

Jahon diabet jamg‘armasi Novo Nordisk kompaniyasi tomonidan 2002 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda diabetning oldini olish va davolash bilan shug‘ullanuvchi mustaqil jamg‘arma sifatida tashkil qilindi. Jamg‘arma barqaror hamkorliklarni qo‘llab-quvvatlaydi va boshqalarga ko‘proq ishlarni uddalashlariga yordam berish uchun katalizator sifatida harakat qiladi.

Bizning 2024 yilgacha bo‘lgan davrdagi Jamg‘arma oldidagi joriy majburiyatimiz 1,69 milliard Daniya kronasini (277 million AQSh dollarini) tashkil qiladi.

Jahon diabet jamg‘armasi to‘g‘risida ko‘proq biling.

Ayrim mamlakatlarda gemofiliya bilan yashayotgan kishilar gemofiliyaga qarshi dorilarini uyda saqlay olmaydigan holatda bo‘lishlari mumkin. Masalan, COVID-19 inqirozi vaqtida ko‘pgina bemorlar davolanish uchun kasalxonalarga borish imkoniyatiga ega bo‘lmadilar.

Kamdan-kam uchrovchi qon kasalligi bilan yashovchi odamlar shunday vaziyatlarga duch kelganlarida dori vositalari va davolashni uyga yetkazib berish uchun moliyaviy ko‘makni taqdim etish uchun mahalliy sog‘liqni saqlash organlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlaymiz.

Aniq va shaffof munosabatlarni kafolatlash uchun tashabbuslarimiz bemorlarni o‘qitish, dori vositalarini yetkazib berish va saqlash bilan bog‘liq qo‘llab-quvvatlash xizmatlari uchun siyosatchilar bilan muloqot qilgan holda ishlab chiqiladi.

Gemofiliya bilan yashayotgan kishilarga tibbiy yordam olishga yordam beruvchi jamg‘armamiz haqida ko‘proq bilib oling. 

Novo Nordisk kompaniyasining Gemofiliya jamg‘armasi - bu rivojlanayotgan va endi rivojlanish yo‘liga kirgan mamlakatlardagi gemofiliya va kam uchrovchi qonning ivishishining buzilishlariga ega odamlar uchun tibbiy yordam olish imkoniyatlarini yaxshilashga intiluvchi, grantlar taqdim etuvchi notijoriy tashkilot.

Gemofiliya - bu 10 000 kishidan bir kishida uchrovchi qonning ivishishining buzilishidan iborat irsiy kasallik. Gemofiliya bilan yashovchi to‘rtta odamdan uchtasi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotganliklari uchun tashxislash va tegishli yordamdan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlashga bo‘lgan o‘tkir zaruriyat mavjud.

 Novo Nordisk Gemofiliya jamg‘armasi haqida ko‘proq biling